2021 yilning iyun oyida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi örtaça 0,2 foizga arzonlaşdi. Uşbu holat asosan mavsumiy omil bilan tavsiflanmoqda. Taqqoslaş uçun, 2020 yilning iyun oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida örtaça 0,3 foizga, 2019 yilda esa 0,5 foizga arzonlaşgan.
Joriy yil boşidan beri narxlarning umumiy ösiş darajasi 4,4 foizni, örtaça oylik ösiş darajasi esa 0,7 foizni taşkil etmoqda. Yillik inflatsiya darajasi esa 10,9 foizga yetdi.
2021 yil iyun oyidagi yillik umumiy inflatsiya ötgan yilning iyun oyidagi körsatkiçdan 3,3 foiz bandga va 2019 yilning iyun oyidagi körsatkiçdan 2,7 foiz bandga past böldi.
Iyun oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonlaşgan bölsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar narxi esa 0,2 foizga qimmatlaşgan.
Joriy yilning beş oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlarida uzluksiz narxlar oşişidan keyin, iyun oyida pasayiş kuzatildi. Narxlar pasayişida yetakçilik mevalar va yonğoqlar (3,8 foiz), yoğ-moy mahsulotlari (2,8 foiz), sabzavotlar va dukkaklilar (2,6 foiz) hamda sut mahsulotlari va tuxumga (1,6 foiz) tegişli bölgan. Şuningdek, göşt mahsulotlari, şakar, qandolat mahsulotlari va desertlar sezilarli darajada oşdi (0,4 foiz).
Umumiy qilib olganda, yoğ-moy mahsulotlari ötgan yilning dekabriga nisbatan narxlar oşişi böyiça yetakçilikni davom ettirmoqda (22,5 foiz). Bundan taşqari, 2021 yilning I yarim yilligida narxlar oşişi böyiça yetakçi uçlikdan mevalar va yonğoqlar (16,1 foiz) hamda şakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (7,1 foiz) örin oldi. Yillik nisbatda yoğ-moy mahsulotlari (1,5 barobarga), sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (27,4 foiz), şakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (15,7 foiz), göşt mahsulotlari (14,5 foiz), sut, boşqa sut mahsulotlari va tuxum (11,6 foiz) sezilarli darajada qimmatlaşgan.
















