Jahon | 10:06 / 02.07.2021
4854
1 daqiqa o‘qiladi

130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi

Foto: RIA Novosti

130ta davlat yirik korporatsiyalar uchun xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi. Bu haqda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma'lum qildi.

Rejaga ko‘ra, korporatsiyalar uchun yagona soliq minimal stavkasi 15 foizni tashkil etadi. Tizim ishlashi uchun mamlakatlar tegishli qonunlarni qabul qilishi lozim.

«Ushbu tizim yirik transmilliy korporatsiyalar o‘z faoliyatini yuritadigan va daromad oladigan joyda soliq to‘lashi tartibini ta'minlashga qaratilgan», deb aytilgan tashkilot saytida.

OECD’ning ta'kidlashicha, davlatlar yetarli miqdorda soliq olmasligi tufayli yiliga 100 mlrd dollardan 240 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotadi. «Ko‘p yillik jadal ish va muzokaralardan keyin ushbu tarixiy kelishuv yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan hamma yerda adolatli soliq to‘lanishini ta'minlaydi», deb aytgan OECD bosh kotibi Matias Korman.

Mavzuga oid