Prezidentning “Investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining:

  • ekvivalentda 200 mln AQŞ dollarini taşkil etadigan milliy va (yoki) xorijiy valutadagi pul mablağlari, şuningdek boşqa aktivlar hamda mulkiy va nomulkiy huquqlar körinişida aktivlarga ega bölgan Özbekiston davlat taraqqiyot korporatsiyasini taşkil etiş;
  • maslahat kengaşi va kollegial organ prinsiplari asosida faoliyat yuritadigan oliy boşqaruv organi sifatida korporatsiya kengaşini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Belgilab qöyilişiça:

  • korporatsiya Energetika vazirligi timsolida Özbekiston hukumati tomonidan davlat muassasasi şaklida ta’sis etiladi;
  • kengaşga Özbekiston boş vaziri rahbarlik qiladi, uning tarkibi davlat organlari rahbarlari hamda kengaş a’zolari umumiy soni kamida 30 foizini taşkil etadigan, jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy ekspertlardan şakllantiradi;
  • korporatsiya odatda rivojlantiriş böyiça tegişli dasturiy hujjatlarni bajariş maqsadida tasdiqlanadigan va uzoq muddatli istiqbolda tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça kompleks qaraşni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini hisobga olgan loyihalarni amalga oşiradi.

Korporatsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • loyihalarni moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlarini jadal joriy etiş;
  • investitsiya faoliyati samaradorligini oşiriş va milliy iqtisodiyotga investitsiyalar kölamini kengaytiriş;
  • mavjud davlat resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş;
  • iqtisodiyotni boşqarişda davlat iştirokini kamaytirişga kömaklaşiş;
  • samarali korporativ boşqaruv tizimini joriy etiş.