Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada qalbaki pul tayyorlagan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 20 may kuni A.Z. IIBga murojaat qilib, 24 aprel kuni noma'lum shaxs tuman markazida «Red Mi 8» telefonini 1 million 550 ming so‘mga sotib olishga kelishib, to‘lov uchun unga 1 dona 50 dollarlik va 1 dona 100 dollarlik qalbaki pullarni berib ketganini bildirgan.
Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, har ikki kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.R. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
08:53 / 12.02.2026
Namanganda qalbaki pul sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
14:01 / 07.10.2025
Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi
23:02 / 24.09.2025