Toşkent şahar Bektemir tumanida qalbaki valutalarni muomalaga kiritgan şaxslar qölga olindi. Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Bektemir tuman bölimlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Qayd etilişiça, fuqaro F.X. va boşqalar oldindan til biriktirib, fuqaro I.dan “Samsung A71” rusumli uyali aloqa vositasini 300 AQŞ dollariga, fuqaro A.dan “Iphone X” rusumli uyali aloqa vositasini 500 AQŞ dollariga sotib olişga kelişib, ularga qalbaki 800 AQŞ dollari berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz marakasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.










