Jahon | 09:39 / 04.07.2021
3749
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ko‘chki ostidan 19 kishi qutqarib olindi

Yaponiyaning Atami shahrida yuz bergan ko‘chkidan keyin qutqaruvchilar vayronalar ostidan 19 kishini sog‘-omon chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yosixide Sugaga tayanib “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq Sidzuoka prefekturasida joylashgan shaharda davomli yog‘ingarchilikdan keyin ko‘chki yuz bergandi. Tog‘dan oqib kelgan to‘lqin o‘z yo‘lida yuzdan ko‘proq uyni yo‘q qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jabrlangan. Bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, 130ta uy va inshootga zarar yetgan.

Ob-havo mutaxassislarining xabar qilishicha, Sidzuokada 3 kun davomida 550 millimetrga yaqin, Kanagava prefekturasida esa 780 millimetr yog‘ingarchilik tushgan.

Yaponiyada hozirda yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. U odatda 7 iyundan 20 iyulgacha davom etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid