Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri Moskvaga tashrif buyuradi
Kerri Moskvada Rossiya prezidentining xalqaro tashkilotlar bo‘yicha maxsus vakili Anatoliy Chubays va iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ruslan Edelgeriyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri kelasi haftada Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi RBK o‘z manbalariga tayanib.
AQSh prezidenti Jo Bayden Kerrini iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakil lavozimiga tayinlagandi. RBK manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Kerri Moskvada Rossiya prezidentining xalqaro tashkilotlar bo‘yicha maxsus vakili Anatoliy Chubays bilan uchrashadi. 13 iyul kuni esa Rossiya prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ruslan Edelgeriyev bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jon Kerri AQSh davlat kotibi lavozimida ishlagan vaqtida Rossiyaga bir necha marta kelgan.
22–23 aprel kunlari AQSh prezidenti tashabbusi bilan virtual shaklda global iqlim sammiti o‘tkazildi. Unda 40 mamlakat rahbarlari qatnashdi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026