Jahon | 17:53 / 09.07.2021
3167
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi fabrikada yuz bergan yong‘inda 52 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in tez alanga oladigan materiallar va kimyoviy moddalar saqlanadigan yuqori qavatlarda davom etmoqda.

Bangladeshdagi ichimliklar fabrikasida yuz bergan yong‘in o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi, halok bo‘lganlar soni yanada oshishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.

Ayni paytga qadar 52 kishi halok bo‘lgani ma'lum. Kamida 20 kishi jarohatlangan. Yong‘in qurshovida yana qancha odam qolib ketgani aniq emas.

Yong‘in tez alanga oladigan materiallar va kimyoviy moddalar saqlanadigan yuqori qavatlarda davom etmoqda.

Birinchi qavatda boshlangan yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

Qayd etilishicha, 2012 yilda Bangladeshdagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida mingdan ortiq ishchi halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid