Bayden Putinni rossiyalik hakerlar faoliyatiga chek qo‘yishga chaqirdi
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z xalqi va muhim infratuzilmalarini ushbu doimiy tahdiddan himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotida AQSh va boshqa mamlakatlarga hujum qilayotgan rossiyalik tovlamachi hakerlar masalasiga e'tibor qaratdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Bayden Rossiya mahalliy tovlamachi guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish choralarini ko‘rishi kerakligini ta'kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh o‘z xalqi va muhim infratuzilmalarini ushbu doimiy tahdiddan himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi.
Prezidentlar shuningdek, Jyenevadagi sammitdan so‘ng o‘z jamoalari olib borgan ishlarni ham muhokama qilgan.
16 iyun kuni Jyenevada AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin kiberxavfsizlik masalasida AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini aytgandi.
Xabar qilinishicha, Jo Bayden Vladimir Putinga kiberhujum amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan sohalar ro‘yxatini bergan.
Ro‘yxatdan kimyo sanoati, savdo obektlari, kommunikatsiya tizimi, hayotiy muhim ishlab chiqarishlar, to‘g‘onlar, sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam tizimi, qishloq xo‘jaligi/oziq-ovqat sohasi, axborot texnologiyalari, yadroviy obektlar, hukumat muassasalari, transport va suv ta'minoti obektlari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024