Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Yaponiyaga elchi bo‘ldi
Muhsinxo‘ja Abdurahmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U avval TIVda departament boshlig‘i bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori bilan Muhsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.
M.Abdurahmonov 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi. 2004-2008 yillarda Hokkaydo universitetida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.
U 2004-2006 yillarda «Coca Cola Ichimligi O’zbekiston» kompaniyasida menejyer lavozimida ishlagan. 2008-2018 yillarda «MTRUSTCo. Ltd» (Yaponiya) bosh direktori bo‘lgan.
Muhsinxo‘ja Abdurahmonov 2018-2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2021 yil aprelidan buyon O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025