Jahon | 08:45 / 09.07.2021
5278
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyadagi aviahalokat 9 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Reuters

Shvetsiyaning Erebru shahri aeroporti yaqinida kichik o‘lchamli samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq yerga qulagan va yonib ketgan. Buning oqibatida samolyotdagi 9 kishi halok bo‘lgan.

Goteborgs Posten nashrining xabar berishicha, samolyot qulagani haqidagi signal aeroportga 8 iyul kechki payt kelib tushgan. Samolyot aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan taxminan 200 metr narida qulagan.

DHC-2 Turbo Beaver rusumidagi samolyot bortida 8 parashyutchi va uchuvchi bo‘lgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib borgan.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, yana 2 kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Mamlakat bosh vaziri Stefan Leven halokat qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid