Jahon | 22:18 / 10.07.2021
6362
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada hakerlar hujumidan so‘ng favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Ma'lumot berilishicha, bir necha kun avval okrugning kompyuter tizimi kiberhujumga uchragan. Natijada ma'muriyat faoliyati ikki haftaga to‘xtagan.

Germaniyaning Anhalt-Biterfeld okrugida hakerlar hujumi sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi. Bu Germaniya tarixidagi ilk ana shunday voqea hisoblanadi, deb yozmoqda Die Zeit gazetasi.

Ma'lumot berilishicha, bir necha kun avval okrugning kompyuter tizimi kiberhujumga uchragan. Natijada ma'muriyat faoliyati ikki haftaga to‘xtagan. Bu davr mobaynida ijtimoiy va boshqa to‘lovlarni to‘lashning imkoni bo‘lmaydi.

Ma'muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat rejimi «tezkor chora ko‘rish» maqsadida qabul qilingan.

Germaniya axborot xavfsizligi federal boshqarmasi mazkur holatni o‘rganishga kirishdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid