O‘zbekiston | 15:29 / 10.07.2021
7092
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo‘ldi

Oxirgi 10 kun ichida Toshkentdagi 3-sonli tug‘uruq majmuasida koviddan davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli bo‘ldi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, shifoxonada homilador, tug‘uruqdagi va tuqqan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashxislash va ularni davolash bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona uslubiy yondashuv joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida SSV Zangiota shifoxonasidagi holat haqida ma'lumot bergan, o‘shanda shifoxonada 138 nafar homilador ayol davolanayotgani aytilgandi.

Bir necha kun oldin Xorazmda koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolash bo‘limi tashkil etilgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid