Jahon | 23:34 / 10.07.2021
67345
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Eron samolyotini O‘zbekistonga o‘tkazmadi

Zagros aviakompaniyasining 170 nafar yo‘lovchi bilan Toshkentga parvoz qilgan samolyoti Turkmaniston tomoni o‘z hududi ustidan parvoz qilish ruxsatnomasini kutilmaganda qaytarib olganidan so‘ng ortga qaytgan.

O‘zbekistonga parvoz qilgan Eron samolyoti Turkmaniston talabi bilan ortiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Iranintl xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Zagros aviakompaniyasining 170 nafar yo‘lovchi bilan Toshkentga parvoz qilgan samolyoti Turkmaniston tomoni o‘z hududi ustidan parvoz qilish ruxsatnomasini kutilmaganda qaytarib olganidan so‘ng ortga qaytgan.

Eron rasmiylari buni kompaniya parvoz qilish huquqi uchun haq to‘lamagani bilan izohlagan.

Samolyot Mashhad shahriga qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchilarda yana bir muammo yuzaga kelgan. Ularning pasportlariga chiqish muhri bosilgani sababli yo‘lovchilar samolyotdan Eron hududiga tusha olmaydi.

Iranintl ushbu holatni Eron kompaniyalari va hukumatining Amerika sanksiyalari sababli duch kelgan moliyaviy muammolari bilan izohlamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid