Jahon | 21:55 / 11.07.2021
5408
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Haitiga katta delegatsiya yuboradi

AQSh davlat departamenti Haitida prezident Jovenel Moiz o‘ldirilgandan keyin yuzaga kelgan siyosiy inqirozni hal etish uchun u yerga katta delegatsiya yuborishga qaror qildi.

Foto: Orlando Barria / EPA / TASS

Juno7 nashrining xabar berishicha, delegatsiyaga AQSh prezidentining maxsus yordamchisi Xuan Gonsales va AQSh davlat kotibining G‘arbiy yarimshar ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Laura Loxman kiritilgan.

Amerikalik diplomatlar Haiti bosh vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Klod Jozef va senat tomonidan vaqtincha prezident etib e'lon qilingan Jozef Lamber bilan uchrashadi. Delegatsiyaning qolgan a'zolari haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Ayni vaqtda Haitida uch kishi prezident lavozimiga da'vogarlik qilmoqda.

Jovenel Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida o‘ldirildi. Hujum vaqtida uning rafiqasi Martin Moiz yaralangan. Hozirda u AQShda davolanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid