Jamiyat | 19:00 / 11.07.2021
67407
4 daqiqa o‘qiladi

Chaqmoq yoxud o‘zbek Pushkinining ayanchli taqdiri

37-yillar. Qatliom yillari...

Yer yuzining oltidan bir qismida, jumladan, O‘zbekistonda Iosif Stalin va uning kallakesarlari tomonidan “qizil qirg‘in” amalga oshirilayotgan, o‘lim tegirmoni qanchadan qancha begunoh insonlar qismatini yetti yamlab, bir yutayotgan damlar...

Davrning shafqatsiz “o‘lim mashinasi” bor-yo‘g‘i 24 bahorni qarshilagan, benazir shoir Usmon Nosir taqdirini ham chetlab o‘tmadi.

U “xalq dushmani” tamg‘asi bilan olis o‘lkalarga surgun qilindi va Zlatoussk qamog‘i, Vladivostok, Magadan, Mariinsk kabi lagerlarda guldek umri xazon bo‘ldi...

Xo‘sh, o‘zbek Pushkini deb nom olgan, juda yosh bo‘lishiga qaramay, adabiyotga bo‘ronday kirib kelib, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yuborgan shoirning ijodi va ayanchli qismati haqida nimalar ma’lum?

  • Usmon Nosirni badnom qilgan kimsalar kim edi?
  • Yozuvchilar uyushmasida “ishi” muhokama qilinganda Usmon Nosir nima uchun o‘z “aybi”ni bo‘yniga olgandi?
  • Uni qamoqqa olib ketishayotganda: “Usmonjon, bolam, ayang o‘lsin!.. Bizni kimlarga tashlab ketyapsan?!” deb faryod qilgan onasiga Usmon Nosir nima uchun “O‘lsang o‘laver!..” deb aytgandi?
  • Xolambibi aya nima uchun farzandi Usmon Nosirning uydagi jamiki qog‘oz-kitoblarini yig‘ib, pistafurushga topshiradi?
  • “Aya, hech uyalma, qarz uziladigan narsa. Hali vaqt keladiki, mening o‘ligim ham seni boqadi!” – Usmon Nosir bu gapni qachon va qanday munosabat bilan aytgandi?
  • “...Nahotki, butun O‘zbekistonda meni bu yerlardan olib ketadigan biror do‘st, yor-u birodar topilmasa?.. Toshkentga borsam, umrim qamoqda o‘tsa ham mayli edi...” – Usmon Nosirning bu alamli nidosiga kimlar qanday munosabat bildirgandi?
  • “Usmon og‘ir dardga mubtalo bo‘ldi; uning sovuq urgan qo‘l-oyoqlarini kesib tashlashdi, singa kasalidan tishlari to‘kilib ketdi... Bir burda non yeyishga zor bo‘lib, Magadanda 1952 yili vafot etdi...” – bu gaplarni shoirning onasiga kim aytgandi?
  • Kemerovo oblastining mahbuslar uchun ajratilgan joylarida Usmon Nosir hayotining so‘nggi lahzalarini qanday kechirgandi?

Bu savollarga yuqoridagi videoni tomosha qilish orqali javob topishingiz mumkin. O‘ylaymizki, olovli satrlari bilan avlodlar qalbiga mangu o‘t yoqib ketgan shoir xotirasini yana bir bor yodga olasiz.

Loyiha muallifi –
Otabek Tillayev

Tasvirchi
Sanjarbek Rahimov

Montaj ustasi
Abbos Qurbonaliyev

Mavzuga oid