Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Litva va Belarus chegarasiga o‘z chegarachilarini jo‘natadi
Iyulning birinchi yarmida Litva hukumati 800dan ortiq migrantlarning chegaradan noqonuniy o‘tish holatlarini qayd etgan. Migrantlarning aksariyati Kongo, Gambiya, Gvineya, Mali va Senegal fuqarolari hisoblanadi.
Yevropa ittifoqining tashqi chegaralar xavfsizligi agentligi («Fronteks») migratsion inqiroz kuchayishi sababli Litva va Belarus chegarasida tezkor operatsiya o‘tkazadi. Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, agentlik 1 iyul kuni Litva-Belarus chegarasiga ofitserlar va qurilmalarini jo‘natgan.
«Yordamni kuchaytiramiz va qo‘shimcha chegarachilar, patrul mashinalari hamda jinoiy tarmoqlar to‘g‘risida ma'lumot to‘plash maqsadida migrantlar orasida so‘rov o‘tkazish uchun ixtisoslashgan ofitserlarni jo‘natamiz», — dedi agentlik rahbari Fabris Lejyeri.
«Fronteks» Litva chegarasiga o‘z chegarachilarini yaqin kunlarda jo‘natishi kutilmoqda. Agentlikning ma'lumot berishicha, iyulning birinchi yarmida Litva hukumati 800dan ortiq migrantlarning chegaradan noqonuniy o‘tish holatlarini qayd etgan. Migrantlarning aksariyati Kongo, Gambiya, Gvineya, Mali va Senegal fuqarolari hisoblanadi.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytgandi.
"Agar kimdir Polsha, Litva, Latviya va Ukraina bilan chegarani yopishimizni va Afg‘oniston, Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Tunisdan keladigan qochoqlar makoniga aylanishimizni o‘ylayotgan bo‘lsa, u kamida adashayotgan bo‘ladi. Biz hech kimni hech qachon to‘xtatmaymiz: ular bizgamas, yorqin, iliq, shinam Yevropaga borishmoqda", — degandi u.
Litva bosh vaziri Ingrida Shimonitening so‘zlariga ko‘ra, respublika migrantlar oqimini to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor qurishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
22:20 / 09.05.2026