Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Iqtisodiy sanksiyalar birinchi marta 2014 yil 31 iyulda «Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni izdan chiqaruvchi harakatlari»ga javoban bir yil muddatga kiritilgandi.
Foto: RIA Novosti
YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sektoral sanksiyalar muddatini yana yarim yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda YeI kengashi bayonotida ma'lum qilindi.
«Bugun kengash Rossiya iqtisodiyotining ayrim sektorlariga qaratilgan cheklov choralarini 2022 yil 31 yanvargacha uzaytirishga qaror qildi», — deyiladi hujjatda.
YeIning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari Yevroittifoqning Minsk kelishuvlari bajarilishini baholash bo‘yicha sammitida qabul qilingan qaror asosida yarim yilga uzaytiriladi.
Iqtisodiy sanksiyalar birinchi marta 2014 yil 31 iyulda «Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni izdan chiqaruvchi harakatlari»ga javoban bir yil muddatga kiritilgandi. O‘shandan buyon sanksiyalar muddati uzaytirib kelinmoqda.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026