Jahon | 19:10 / 13.07.2021
4843
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada rekord miqdordagi kriptovaluta musodara qilindi

24 iyun kuni Skotlend-Yard umumiy qiymati 114 million funt sterlingga (158 million dollar) teng bitkoynlarni musodara qilgandi.

Buyuk Britaniyada politsiya 180 mln funt sterling miqdoridagi kriptovalutani musodara qildi. Bu haqda Skotland-Yard xabar bermoqda.

"Politsiya Britaniya uchun yirik – qariyb 180 mln funt sterling miqdoridagi kriptovalutani musodara qildi. Bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin. U 24 iyunda politsiya musodara qilgan 114 mln funtov sterling miqdoridagi kriptovalutadan ancha ko‘p", – deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, operatsiya iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan. Operatsiya vaqtida 39 yoshli ayol hibsga olingan. U keyinroq garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.

24 iyun kuni Skotlend-Yard pul yuvish ishi doirasida umumiy qiymati 114 million funt sterlingga (158 million dollar) teng bitkoynlarni musodara qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid