Jahon | 13:56 / 14.07.2021
5988
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

Mashg‘ulotlar davomida shitob bilan o‘zgaruvchi vaziyatdagi jang sharoitida harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi.

Tojikistonda boshlangan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida mamlakatda joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasining mingga yaqin harbiy xizmatchilari qatnashmoqda. Bu haqda markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib Interfaks xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar davomida shitob bilan o‘zgaruvchi vaziyatdagi jang sharoitida harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi.

“Dala qo‘mondonlik punktlarini shartli dushmanning radiolokatsion razvedka, havo hujumi vositalaridan va qo‘poruvchi-razvedka guruhlaridan yashirish mashg‘ulotlariga alohida e'tibor qaratiladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarga jangovar vertolyotlar ham jalb etilgan. 

Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari hafta oxirigacha davom etadi.

Rossiyaning 201-harbiy bazasi Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan. Baza tarkibiga motoo‘qchi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa va aloqa bo‘linmalari kiradi. Baza Mi-8-MTV5-1 harbiy-transport vertolyotlari, BMP-2M jangovar zirhli piyodalar mashinalariga ega.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid