Jahon | 15:41 / 17.07.2021
10521
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad to‘rtinchi marta prezident sifatida qasamyod qildi

26 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Asad 95,1 foiz saylovchilarning ovozini olib g‘olib bo‘lgandi.

Foto: RIA Novosti

Suriya prezidenti Bashar Asad davlat rahbari sifatida to‘rtinchi marta qasamyod qildi. Uning inauguratsiya marosimi Qasrash-Shaab saroyida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda parlament va hukumat a'zolari, harbiy va diniy rahbarlar, madaniyat va jamoat arboblari qatnashdi, deb xabar bermoqda SANA agentligi.

Asad o‘ng qo‘lini Qur'on kitobiga qo‘ygan holda konstitutsiyaning yettinchi paragrafiga muvofiq qasamyod matnini o‘qib eshittirgan.

“Mamlakat konstitutsiyasini, uning qonunlari va respublika tuzumini hurmat qilishga, xalq manfaatlarini himoya qilishga va uning erkinligini hurmat qilishga qudratli Alloh nomi bilan qasamyod qilaman”, degan u.

Asad inauguratsiya nutqida mamlakat hududida o‘n yildan buyon davom etayotgan harbiy nizo bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengishda matonat ko‘rsatib kelayotgan suriyaliklarga minnatdorlik bildirgan. 

27 may kuni Suriya xalq kengashi raisi Hammuda Sabog‘ 26 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Asad 95,1 foiz saylovchilarning ovozini olib g‘olib bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Mamlakatda prezidentlik vakolati muddati yetti yilni tashkil etadi. Avvalgi saylov 2014 yilda o‘tkazilgan, unda Bashar Asad 88,7 foiz ovoz olgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid