Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi «aqlli bekat»lardan konditsionerlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Termizdagi «aqlli bekat»lardan konditsionerlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 23 iyun kuni Termiz shahrining Turon mahallasida yashovchi, M.Asliddin Termiz shahar bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida 16 may kuni shaharning Bo‘ston mahallasi Ibn-Sino ko‘chasida joylashgan «aqlli bekat»dan, narxi 1,3 million so‘mlik 1 dona konditsionerni, 22 iyun kuni shaharning Bo‘ston mahallasida joylashgan «aqlli bekat»dan xuddi shunday narxi 1,3 million so‘mlik konditsionerni noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Denov tumani Obodon mahallasida yashovchi, E.Zafar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 3 iyul kuni E.Zafarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:36 / 02.12.2025
Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
00:43 / 20.10.2025