Jahon | 12:48 / 19.07.2021
6625
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya qurolli kuchlarida koronavirus bilan ommaviy kasallanish yuz berdi

Janubiy Koreya qurolli kuchlari qaroqchilarga qarshi kurashish bo‘linmasi “Chxonxe”ning 301 harbiysidan 247 nafarida koronavirus aniqlandi. Afrikada xizmat o‘tayotgan harbiylarni 20 iyulda evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu ommaviy kasallanish mamlakat qurolli kuchlarida eng yirigi bo‘ldi.  

“Chxonxe” harbiylari orasidagi ilk 6ta kasallanish holati o‘tgan hafta qayd qilingan. 19 iyulga kelib bir kun ichida 179 harbiyda koronavirus aniqlangan. Harbiylarni koronavirusga tekshirish natijalari bo‘yicha manfiy test 50 kishidagina qayd etilgan. Yana 4 harbiy biomateriallarini tahlil qilishning iloji bo‘lmagan.

Bo‘linma Somali sohillari yaqinida Adan ko‘rfazida va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida qaroqchilikka qarshi missiya doirasida ishlaydi. Harbiylar har yarim yilda almashadi. Koronavirus tarqalishi sababli navbatdagi qo‘shin 2009 yildan beri birinchi marta muddatdan oldin navbatchilikni qabul qiladi. Janubiy Koreya mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, yangi otryadning barcha a'zolari koronavirusga qarshi emlangan.

Mavzuga oid