Jahon | 15:09 / 20.07.2021
17036
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada S-500 zenit-raketa tizimi sinovdan o‘tkazildi – video

Sinov davomida havo hujumidan mudofaa majmuasi katta tezlikdagi ballistik nishonni yo‘q qilgan. 

Rossiya mudofaa vazirligi Kapustin Yar poligonida yangi S-500 zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi.  

Xabar qilinishicha, sinov davomida havo hujumidan mudofaa majmuasi katta tezlikdagi ballistik nishonni yo‘q qilgan. 

Mudofaa vazirligining bildirishicha, dastlabki S-500 tizimi Moskva viloyatidagi havo va raketa hujumidan mudofaa birlashmasiga yetkazib beriladi.

S-500 «Prometey» — ballistik, qanotli raketalar hamda aerodinamik nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan majmua. U 600 km masofadagi nishonni yo‘q qila oladi. Harbiy kosmik kuchlar qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Surovikinning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim kosmosdagi obektlarni (shu jumladan, gipertovushli raketalarni) ham urib tushirishga qodir.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid