Jahon | 14:40 / 21.07.2021
5235
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi - OAV

Mahalliy hokimiyat samolyot bortida 45 kishi bo‘lganini xabar qilgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.

Foto: Goobjoog News

Somalining Elvak shahrida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Goobjoog News nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, samolyot Keniya poytaxti Nayrobidan havoga ko‘tarilgan va qo‘nish vaqtida halokatga uchragan. 

Mahalliy hokimiyat samolyot bortida 45 kishi bo‘lganini xabar qilgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.

Shu bilan birga, Keniyaning Daily Nation gazetasi samolyot Keniya va Somali chegarasidagi Mandera okrugida halokatli qo‘nishni amalga oshirganini xabar qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid