Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar xalq vakillari kengashi orqali hukumat shakllantirishini bildirdi
Avvalroq Zabihulla Mujohid harakat Turkmaniston va Eron bilan chegarani to‘liq o‘z nazoratiga olganini aytgandi.
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘oniston hukumatini xalq vakillari kengashi orqali shakllantiradi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
«Biz odamlarning muammolarini hal qilish uchun davlat tuzumini o‘rnatamiz. Islom hukumati va biz istayotgan hukumat xalq vakillaridan iborat kengash orqali shakllantiriladi», — dedi Mujohid.
Avvalroq Mujohid harakat Turkmaniston va Eron bilan chegarani to‘liq o‘z nazoratiga olganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va Eron bilan hamda Pokiston bilan (bir nechta kichik uchastkalardan tashqari) chegara to‘laligicha toliblar nazoratida. Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegara Badaxshondan Tohargacha, O‘zbekiston bilan chegaraning katta qismi harakat nazoratiga o‘tgan.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025