Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev Armanistonga tinchlik sulhini imzolashni taklif qildi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku Yerevanga tinchlik sulhini imzolashni yana bir bor taklif qilganini ma'lum qildi. U bu haqda Ozarboyjon davlat televideniyesiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz Armanistonga tinchlik sulhini tuzishni taklif qildik. Agar sulh tuzishni istamasa, buni aytsin. Men ularga “biz tayyormiz, muzokaralarni boshlaylik” deb bir necha marta aytdim. Urush tugadimi? Tugadi. Sen tinchlikni xohlayapsanmi, Armaniston? Aftidan xohlayapsan. Unda tinchlik sulhini nega imzolamaysan?” deb savol bilan yuzlangan Aliyev.
Ozarboyjon rahbari Yerevanni Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan olish, tinchlik sulhini imzolash va chegaralarni delimitatsiya qilish masalasini hal qilishga chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, Bokuning bu masaladagi pozitsiyasi Yevropa ittifoqi, Turkiya va Rossiya pozitsiyasi bilan mos tushadi.
2020 yil sentyabr oxirida Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlangandi. 10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya, Ozarboyjon va Armaniston o‘t ochishni to‘xtatish, Qorabog‘ga Rossiya tinchlikparvar kuchlarini kiritish va Ozarboyjonga bir qator hududlarni berish haqidagi uch tomonlama bayonotni qabul qilgan.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026