AQShda bir hafta ichida o‘qotar quroldan 430 kishi halok bo‘ldi
AQShda 17 iyuldan 23 iyulgacha vaqt davomida otishmalar bilan kechgan mojarolarda kamida 430 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gun Violence Archive tashkiloti to‘plagan ma'lumotlarga tayanib ABC telekompaniyasi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda ko‘rsatilgan davr ichida o‘qotar qurol qo‘llangan 915ta mojaro yuz bergan. Ular davomida 430 kishi halok bo‘lgan, 1007 kishi jarohat olgan. ABC’ning ta'kidlashicha, oxirgi oylarda bunday hodisalar soni tobora oshib bormoqda.
Gun Violence Archive hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda 2020 yilda qurol qo‘llangan turli mojarolar vaqtida 43 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan. Bu tashkilot mutaxassislari olib borgan kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Joriy yilda AQShda qurol qo‘llanishi natijasida 24 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi va bu raqamlar tobora oshib bormoqda. ABCֹ’ning baholashicha, AQShda 2021 yilda quroldan halok bo‘lganlar soni 2020 yilgiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Gun Violence Archive 2013 yilda tashkil etilgan. Tashkilot har yil 6,5 mingga yaqin manbadan olingan axborot asosida statistik ma'lumotlarni taqdim qilib keladi.
Mavzuga oid
00:38
AQSh Maxfiy xizmati «jiddiy kamchiliklarga» ega - mustaqil komissiya xulosasi
14:48 / 17.10.2024
Bolalikda videoo‘yin o‘ynaganlar ulg‘ayganda ko‘proq daromad topadi - tadqiqot
15:43 / 16.10.2024
AQSh Isroilga yordamni qisqartirish bilan tahdid qildi
08:40 / 16.10.2024