Adliya vazirligi Kun.uz va boshqa internet-nashrlar bilan memorandumlar imzoladi
Adliya vazirligi va bir nechta onlayn OAV aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy axborot tarqatishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Kun.uz veb-sayti tahririyati o‘rtasida huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, vazirlik yana 4ta internet nashri (Daryo.uz, Gazeta.uz, Human.uz va Bugun.uz) bilan ham shunday mazmunda memorandumlar imzoladi.
Memorandum fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar va tahliliy maqolalar tayyorlash, mutaxassis sharhini berib borishni nazarda tutadi.
Shuningdek, kelishuvga asosan, Adliya vazirligi jurnalistik surishtiruvlarda amaliy yordam ko‘rsatishi, huquqiy mavzularni yorituvchi jurnalistlar uchun huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etishi zarur.

“Adliya vazirligi davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda bosh organ hisoblanishi negizida jamiyatning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirish uchun mas'uldir. Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda eng katta yordamchi, ko‘makdosh ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Adliya vazirligi erkin ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu soha vakillari bilan yanada yaqindan hamkorlik o‘rnatdi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Memorandumni imzolash jarayonida qatnashgan adliya vaziri o‘rinbosari Muzrof Ikromovning ta'kidlashicha, hamkor sifatida tanlangan ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda eng ko‘p auditoriyaga ega hamda foydalanuvchilar hurmatini qozongan.
Ikromov o‘zi ham har kuni yangiliklarni shu saytlardan kuzatib borishini aytdi.
Mavzuga oid

11:29 / 25.03.2025
«Oq uy meni o‘z harbiy rejalari bilan tanishtirdi». Jurnalistni tasodifan maxfiy harbiy chatga qo‘shib qo‘yishdi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

20:53 / 26.02.2025