Iqtisodiyot | 11:31 / 30.07.2021
11378
1 daqiqa o‘qiladi

Birja savdolarida sement narxi oshdi

O‘tgan hafta davomida birja savdolarida sement narxi 0,9 foizga qimmatlashgan. Shuningdek, shakar narxi 0,4 foizga, suyultirilgan gaz narxi esa 11,4 foizga pasaygan.

19 – 25 iyul kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi»ning barcha savdo platformalarida 1 trillion 278,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 million 429,8 ming so‘mdan 7 million 399,2 ming so‘mgacha, ya'ni 0,4 foizga pasaygan.

Tsement

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 508,5 ming so‘mdan 512,9 ming so‘mgacha, ya'ni 0,9 foizga ko‘tarildi.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 6 ming 84,6 so‘mdan 5 ming 388,7 so‘mgacha, ya'ni 11,4 foizga pasaygan.

Mavzuga oid