Kattaqo‘rg‘onda avtobus ag‘darilib ketdi. Ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi
Avtobus haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni burib, boshqaruvni yo‘qotgan. Halok bo‘lganlardan biri 24 yoshda, 40-45 yoshlardagi ikkinchi qurbonning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Bugun, 31 iyul kuni soat 01:45larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, "Alijon" MFY hududidan o‘tuvchi M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 71-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan E.U. "Yutong" rusumli avtobusda "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus ag‘darilgan.
Natijada, avtobus salonida bo‘lgan 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida bo‘lgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yo‘lovchi shifoxonaga olib borilayotganda, yo‘lda vafot etgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar, 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:46 / 07.10.2024
Qoraqalpog‘istonda 27 nafar bolani tashiyotgan Damas aniqlandi
14:09 / 07.10.2024
Namanganda o‘quvchilar ijaraga olingan Gentraʼda YTHga uchradi. Mashinani boshqargan o‘smir vafot etgan
12:23 / 07.10.2024
Farg‘onada Lacetti urib yuborgan shaxs halok bo‘ldi
12:21 / 07.10.2024