Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani aytildi
2021 yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSh dollariga teng 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga, ya'ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;
- Rossiya – 6,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 2,9 ming tonna;
- Belarus – 527,0 tonna;
- Latviya – 524,0 tonna;
- Ukraina – 484,2 tonna;
- Germaniya – 131,2 tonna;
- Moldova – 59,5 tonna.
Mavzuga oid
11:00 / 13.06.2026
Toshkentda nitrat miqdori yuqori bo‘lgan qovunlar aniqlandi
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
08:29 / 01.06.2026