Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoniga kirish qoidalari o‘zgardi
Qirollikka Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson&Johnson vaksinalari bilan emlangan turistlar kirishi mumkin.
Endilikda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan turistlar Saudiya Arabistoniga kirishda majburiy karantinda bo‘lishi shart emas, deb yozadi RIA Novosti.
Ammo bu "Sputnik V" bilan emlanganlarga taalluqli emas: mamlakatda bu vaksina tan olinmagan.
Saudiya Arabistoniga Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson&Johnson vaksinalari bilan emlangan turistlar kirishi mumkin.
Bundan tashqari, Sinopharm yoki Sinovac vaksinalari bilan emlanganlarga ham kirishga ruxsat berildi. Biroq ular qirollikda ma'qullangan to‘rt vaksinadan biri bilan emlanishi lozim. Barcha sayohatchilar kelishdan 72 soatgacha avval topshirilgan manfiy PZR-test natijasiga ega bo‘lishi lozim.
Aniqlik kiritilishicha, Saudiya Arabistonida turistik viza bilan bo‘lish 90 kundan oshmasligi lozim.
Mavzuga oid
10:18
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026