Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bir guruh shaxslar IIB xodimlarini do‘pposladi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 31 iyul kuni soat 22:30larda Sariosiyo tumanida yashovchi fuqarolar A.O., Sh.D., B.Sh., N.A. va R.Sh. bir guruhga birlashib, jamoat joyi hisoblangan Uzun tumani “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan chorraha yonida tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan R.S.ni urib-do‘pposlayotgan vaqtida, shu yaqin o‘rtada jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Uzun tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular o‘zlarining bezorilik xatti-harakatlarini to‘xtatmasdan, jamoat tartibini saqlashga va janjalni bartaraf etishga uringan tuman IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.ga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazishgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi S.M.ning badanida tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra “Sog‘ligining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohatlari ekani, shuningdek, ichki ishlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga yetmagan R.S.ning badanida “yengil” tan jarohatlari ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.O., Sh.D., B.Sh., N.A., R.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
18:30 / 08.01.2026
Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan shaxs jarimaga tortildi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
11:05 / 12.12.2025