O‘zbekiston | 10:00 / 03.08.2021
16140
9 daqiqa o‘qiladi

TDIU va London universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti (University of London) hamkorligidagi International School of Economics and Finance (ISEF) qo‘shma ta’lim dasturiga 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir yilga yaqin muddat davomida olib borilgan muzokaralar natijasida London universiteti (University of London) va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan kelishuvga erishib, hamkorlikda ISEF qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Buyuk Britaniyaning London universiteti (University of London) hamkorlikda International School of Economics and Finance (ISEF) qo‘shma ta’lim dasturida akademik rahbarlik London School of Economics and Political Science (LSE) tomonidan amalga oshiriladi.

Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti (University of London) diplomlariga ega bo‘ladilar.

Saytimizda ushbu jarayonlar batafsil yoritib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi ( LSE ) bilan memorandum imzolangani va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida London universiteti (University of London) hamkorligida qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani haqida maqolalar chop etilgan edi. So‘nggi yarim yil mobaynida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun juda muhim kelishuv sifatida qaralgan ushbu qo‘shma dasturning ahamiyati nimada?

Qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish jarayoni to‘liq ingliz tilida bo‘lib, o‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv materiallari London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) akademik rahbarligida ishlab chiqiladi. Yakuniy nazorat sinovlari London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professorlari tomonidan tayorlanadi va mustaqil baholanadi.

Yil so‘ngida yakuniy nazorat sinovlari Britaniya kengashi (British Council) nazoratida o‘tkaziladi. Bu esa o‘qitish jarayonida shaffoflik va ta’lim sifatini ta’minlaydi.

Buyuk Britaniyaning 17 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan iborat London universiteti (University of London) federatsiyasi kengashi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mazkur dasturni ma’qullab, uni International School of Economics and Finance (ISEF) nomi bilan yuritiluvchi o‘zining tan olingan O‘zbekistondagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi maqomini berdi, shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonini amalga oshirishga ruxsat berdi.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) haqida nimalarni bilamiz? Uning xalqaro reytinglarda tutgan o‘rniga nazar solaylik.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (London School of Economics and Political Science) nufuzli oliy ta’lim muassasasi sifatida Times higher Education xalqaro reytingida 27-o‘rinni egallab kelmoqda. QS xalqaro reytingida ijtimoiy fanlar va menejment bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, buxgalteriya va moliya yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni, iqtisodiyot va ekonometrika yo‘nalishi bo‘yicha esa 6-o‘rinni egallaydi. Shuningdek, QS Yevropa reytingida ijtimoiy fanlar va menejment, buxgalteriya va moliya hamda iqtisodiyot va ekonometrika yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) London universiteti (University of London) federatsiyasi a’zosi bo‘lgani uchun o‘zining xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini ushbu federatsiya a’zosi sifatida amalga oshiradi.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qish davomiyligi 4 yilni tashkil etib, talabalar birinchi o‘quv yilida Foundation bosqichida tahsil olishadi. Ta’limning 2- 3- 4-o‘quv yillarida talabalar LSE akademik raxbarligi asosida UoL dasturlari bo‘yicha tahsil olishadi.

2021/2022 o‘quv yili 1-bosqichini (Foundation) muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishlarini ikkinchi bosqichdan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davom ettirishlari mumkin bo‘ladi:

•         buxgalteriya hisobi va moliya (BSc Accounting and Finance);

•         bank ishi va moliya (BSc Banking and Finance);

•         iqtisodiyot (BSc Economics).

Ahamiyatlisi shundaki, 1-bosqichni (Foundation) tamomlaganda beriladigan maxsus diplom bilan talabalar ISEF qo‘shma dasturi yo‘nalishlaridan tashqari Buyuk Britaniya hamda Yevropaning boshqa universitetlari bakalavr bosqichida ham tahsil olishlari mumkin.

Foundation o‘quv rejalari va fan dasturlari TDIU tomonidan tayyorlangan bo‘lib, LSE tomonidan o‘quv jarayonida foydalanish uchun ma’qullangan.

Shu o‘rinda qo‘shma ta’lim dasturining ijrochi direktori professor Gavin Kretzschmar'ning fikrlarini keltirib o‘tsak:

Gavin Kretzschmar

“Yuqori reytingga ega LSE akademik rahbarligi ostidagi UoL dasturlari oliy ta’limni to‘liq ijobiy tomonga o‘zgartirish salohiyati va qudratiga ega.

Ota-onalarga ishonch bilan aytishimiz mumkinki, UoL va LSE bilan hamkorlik o‘zbekistonlik talabalar o‘z vatanlari O‘zbekistonda jahon darajasidagi bakalavr dasturlari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ishonchim komilki, ISEF talabalarining imkoniyatlari va yutuqlari cheksiz bo‘ladi, chunki ISEFda har doim talabalarga sifatli ta’lim va mukammallikni o‘rgatishga e’tibor qaratiladi.

Shu o‘rinda yana bir bor ISEF jamoasini ushbu dasturning yo‘lga qo‘yilishi bilan tabriklaymiz, bu haqiqatdan ham TDIU – ISEF jamoasining ajoyib yutug‘i!

UoL – LSE dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ISEF professor-o‘qituvchilari va talabalariga rahbarlik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha UoL va ISEF'ning taklifini qabul qilishdan mamnunman”.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn rejimda ISEF qo‘shma ta’lim dasturi veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda. Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarni topshirish (2 avgust – 7 sentabr oralig‘ida) 3 marotaba tashkil etiladi.

Arizalar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus (akademik litsey) yoki professional ta’lim (kollej) muassasalarini tugatgan abituriyentlardan qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat.

1-bosqich: Onlayn ariza topshirgan va arizalari qabul qilingan barcha abituriyentlar TDIUdagi qo‘shma dastur kampusida (yo‘riqnomaga muvofiq) imtihonda qatnashishga taklif qilinadi. Ushbu bosqichda abituriyentlarning bilimlari quyidagi fanlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi:

• ingliz tili: 30 daqiqa (test)*

• ingliz tili: 30 daqiqa (insho)*

• matematika: 45 daqiqa (test)

• mantiq: 30 daqiqa (test)

*IELTS (5.0 va undan yuqori ball) sertifikatiga yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikatlariga ega abituriyentlar ingliz tili sinovlaridan ozod etiladi.

2-bosqich: Ikkinchi bosqichga birinchi bosqichda minimal talabni bajargan talabgorlar ISEF qo‘shma ta’lim dasturi TDIU binosiga suhbat uchun taklif etiladi. Ushbu bosqichda abituriyentlar bilan qo‘shma ta’lim dasturi rahbariyati ingliz tilida suhbat o‘tkazadi.

Qo‘shma ta’lim dasturida dars mashg‘ulotlari nufuzli xorijiy universitetlarni tamomlagan va maxalliy universitetlarning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Manzil: 100066, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, TDIU ma’muriy bino 9-qavat.

Telefonlar:

+998 94 648 5015

+998 94 648 5016

E-mail: info@isef-lseuol.ac

Veb-sayt: www.isef-lseuol.ac

Telegram: @isefuz

Facebook: facebook.com/isefuz

Instagram: https://instagram.com/isef_lseuol?utm_medium=copy_link

YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCuzfDHw9DAp0biS0qjqvMJQ

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid