Tadbirda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, “El-yurt umidi” jamğarmasi rahbar va mas'ul xodimlari, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi va Britaniya kengaşi vakillari, Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi, Finlandiyaning Özbekistondagi faxriy konsuli hamda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professorlari qatnaşdi. Anjumanda ikki tomon ta'lim dasturi böyiça özaro fikr almaşdi.


Aytilganidek, uşbu qöşma ta'lim dasturiga 2021/2022 öquv yilidan boşlab buxgalteriya hisobi va moliya, iqtisodiyot, bank işi va moliya bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça qabul amalga oşiriladi.
Dasturning öziga xosligi şundan iboratki, bitiruvçilar Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti (University of London) diplomini qölga kiritişadi. Öqitiş jarayoni töliq ingliz tilida bölib, öquv materiallari va yakuniy nazorat sinovlari London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) tomonidan tayyorlanadi va baholanadi. Bu esa öqiş jarayonida şaffoflik va ta'lim sifatini ta'minlaydi.
Qöşma ta'lim dasturi faoliyatini yölga qöyiş uçun Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida 4 bosqiçdan iborat muhim jarayon muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Bu haqda TDIU xorijiy maslahatçisi va eksperti Hamid Ergaşev batafsil ma'lumot berdi:

“Birinçi bosqiçda TDIU öqituvçi-professorlar anketalari tayyorlandi, öquv jarayonlari qanday taşkil etilgani haqida ma'lumotlarni London universiteti (University of London) rahbariyatiga taqdim etdik. Ularning ilmiy kengaşi faoliyatimizni örganib çiqdi. Ikkinçi bosqiçda London universiteti (University of London) tomonidan universitetimizda qanday professorlar dars berayotgani, ularning salohiyati, qöşma dastur asosida ta'lim berişga imkoniyati yetadimi, TDIU bunga şaroit yaratib beroladimi, degan savollarga javob olindi.
















