8-9 noyabr kunlari Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida dars maşğulotlari ötkazilmaydi, deb xabar berildi oliygoh rasmiy sahifasida. Ma’lum qilinişiça, 8-9-noyabr kunlari Toşkent şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 16-sammiti bölib ötişi sababli universitet atrofidagi ba’zi köçalar yopiladi.
Şu kunlari talabalar va professor-öqituvçilarning universitetga qatnovida yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklarning oldini oliş uçun oliygohning barça xodimlari va professor-öqituvçilari masofaviy (onlayn) iş rejimiga ötkaziladi.
Şu bilan birga, talabalar turar joylarida yaşovçi talabalar öz joyida qoladi. 8-9-noyabr kunlaridagi darslar 10-17-noyabr oraliğida professor-öqituvçilarning dars jadvaliga moslaştiriladi.
Ma’lumot uçun, 8-9 noyabr kunlari ötadigan sammit munosabati bilan poytaxtdagi bir neçta markaziy köçalar yopilişi va bir qança avtobus yönalişlari ham özgartirilişi haqida xabar qilingandi.













