Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston - 2030” strategiyasi töğrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkil etildi.
Konferensiyada xorijiy mamlakatlar, respublika universitetlari va institutlarining 65 dan ortiq vakillari, mahalliy boşqaruv organlari va idoralar, şuningdek, xususiy sektor vakillari iştirok etdi. Tadbirda xalqaro standartlarga va taşqi bozorlarda talabga javob beradigan raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltirilgan zamonaviy yuqori texnologiyali işlab çiqarişlarni yaratiş maqsadida milliy iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiya iştirokçilari respublikada raqobat muhitini hamda investitsiyaviy jozibadorlikni yaratiş, xöjalik yurituvçi sub’yektlarning innovatsion va eksport faoliyatini rağbatlantiriş maqsadida muayyan preferensiyalar berişni nazarda tutuvçi institutsional islohotlar töğrisida bayon qildi. Mamlakatda amalga oşirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotni markazdan boşqariş darajasidan hududiy va tarmoq darajasida boşqarişga bosqiçma-bosqiç ötkaziş, hududlarda tegişli dasturlarni amalga oşiriş, hududiy organlar huquqlarini kengaytiriş, ularning maqom va mas’uliyatini oşiriş birinçi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.


Bundan taşqari, markaz tomonidan Urganç davlat universiteti bilan hamkorlikda Urganç şahrida taşkil etilgan “Mintaqaviy laboratoriya”ning taqdimoti ötkazildi.
Şu bilan birgalikda TDIU vakillari Nukus şahrida ham “Ready 4 Trade Central Asia” loyihasi doirasida kiçik biznes vakillari uçun trening taşkil qildi.


Unda universitet huzuridagi “Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boşqarmasi vakillari hamda tadbirkorlar iştirok etdi.
Trening orqali tadbirkorlar xalqaro savdo qoidalari, eksport tartib-qoidalari, tranzit yöllari, sifat va muvofiqlik standartlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorining öziga xos talablari bilan tanişib, malaka oşirdi.














