Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uhan shahrida 11 mln aholining barchasi koronavirusga test topshiradi
Shaharda uchta kasallik yuqtirish holati va besh nafar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi aniqlangan. Uhandagi ko‘chalardan biri epidemiologik xatar hududi deb e'lon qilingan.
Uhan shahri hokimiyati 11 mln nafar aholining barchasi koronavirusga qarshi ommaviy test topshirishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2 avgust kuni shaharda uchta kasallik yuqtirish holati va besh nafar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi aniqlangan. Shahardagi ko‘chalardan biri epidemiologik xatar hududi deb e'lon qilingan.
Pandemiya boshlanganidan buyon Uhanda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 50 399ta holat aniqlangan, 3 869 bemor vafot etgan.
Avvalroq AQShda COVID-19 virusi Uhandagi virusologiya institutida yaratilgani to‘g‘risida hisobot e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi
17:01 / 26.01.2025
MRB koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqani haqidagi hisobotni e’lon qildi
17:49 / 01.01.2025