
Koronavirus pandemiyasiga sabab bölgan SARS-CoV-2 virusi Uhan virusologiya institutidan «sizib çiqqan». Bu haqda vakillar palatasining xorijiy işlar böyiça qömitasi a'zosi respublikaçi Maykl Makkolning hisobotida aytilmoqda, deb yozadi The Hill.
Makkolning ta'kidlaşiça, «rad etib bölmas dalillar barça yöllar Uhan virusologiya institutiga olib borişini körsatmoqda».
Hisobotda aytilişiça, Uhandagi institut olimlari amerikalik ekspertlar yordami hamda Xitoy va AQŞ hukumatlarining moliyaviy qöllab-quvvatlaşi ostida koronaviruslarni modifikatsiya qiliş ustida iş olib borgan, deb yozadi Reuters.
Xususan, mutaxassislar virusning «ta'sirçanlik darajasi»ni oşiriş va samarali profilaktika çoralari yönalişida tajribalar ötkazgan.
Makkol Uhandagi laboratoriyada işlagan olimlar va Xitoy kompartiyasi amaldorlariga qarşi sanksiyalar kiritişga çaqirgan.
Respublikaçi şuningdek, amerikalik olim, JSST Xitoyga koronavirus paydo bölişini örganiş uçun jönatgan xalqaro ekspertlar guruhi a'zosi Piter Daszakni sudga çaqirişni söragan. The Hill naşrining yozişiça, u Uhan laboratoriyasi bilan aloqadorligi uçun tanqid qilingan.
2021 yil boşida JSST xalqaro ekspertlar guruhi Uhandagi örganişlar böyiça hisobotini taqdim etgandi. Mutaxassislar SARS-CoV-2 virusi paydo bölişi böyiça törtta taxminni ilgari surgan. Ular koronavirus insonga körşapalak orqali yuqqan degan taxminni işonçliroq deb hisoblagan.












