O‘zbekiston | 10:48 / 04.08.2021
2969
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda valutafurush qo‘lga olindi

Buxoro shahrida noqonuniy valuta almashtirish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. Buxoro shahar markaziy bozoriga qarashli savdo do‘konida qonunga xilof ravishda valuta qimmatliklarini olish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanayotganda ushlangan.

U, o‘zga bir fuqarodan har bir Rossiya rublini 140 so‘mdan hisoblab, 200 ming rublni 28 million so‘mga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq 2900 dollarni 30 million 566 ming so‘mga sotib olgan shaxs ushlangandi.

Mavzuga oid