Buxoro şahrida noqonuniy valuta almaştiriş bilan şuğullangan şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. Buxoro şahar markaziy bozoriga qaraşli savdo dökonida qonunga xilof ravişda valuta qimmatliklarini oliş va ötkaziş faoliyati bilan şuğullanayotganda uşlangan.

U, özga bir fuqarodan har bir Rossiya rublini 140 sömdan hisoblab, 200 ming rublni 28 million sömga sotib olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq 2900 dollarni 30 million 566 ming sömga sotib olgan şaxs uşlangandi.