Vazirlikning ma’lum qilişiça, 19 avgust kuni soat 00:45 da Buxoro şahri Zarafşon mahallasi Mustaqillik köçasida joylaşgan ikki qavatli oşxonaning ikkinçi qavatida yonğin sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, olovni 00:53 da örab olişga muvaffaq bölgan. Yonğin soat 01:50 da töliq bartaraf etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, taxminan 100 kvadrat metr maydonda oşxonaning tom qismi zarar körgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar kelib tuşmagan.

Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.