Buxoro şahrida ayol plastik jarrohlik amaliyotidan söng vafot etdi. Bu haqda marhumaning yaqinlari Kun.uz’ga xabar berdi. Holatni Kun.uz manbasi ham tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, 2001 yilda tuğilgan Şahrizabegim Xoliqova 2025 yil 25 sentabr kuni Buxoro şahridagi xususiy klinikada plastik jarrohlik amaliyotini ötkazgan.
Marhumaning opasi Xusnbonu Karimova Instagram sahifasida yozişiça, operatsiya oldidan zarur tahlillar ötkazilmagan. Qon tahlili faqat operatsiyadan ikki soat oldin olingan bölib, qonda gemoglobin darajasi juda past ekani aniqlangan. Şuningdek, operatsiyadan oldin peşob tahlili va EKG ham amalga oşirilmagani aytilmoqda. Şunga qaramay, şifokor jarrohlik amaliyotini ötkazgan.
Operatsiyadan söng ayolning ahvoli keskin yomonlaşgan. Şifokor özining xususiy klinikasida xodimidan olingan qonni töğridan töğri bemorga quydirgan. Şundan söng bemorning buyraklari işdan çiqqan va u 27 sentabr kuni Buxoro şahar şifoxonasi jonlantiriş bölimiga yotkazilgan.
“Opam bir oy ölim bilan kuraşdi. 24 oktyabr kuni şifokor Toşkent şahriga olib boriş zarurligini aytib, ota-onamga imzo qöydirib oldi. Toşkent şahridagi şifoxonaga yetib borgunça opamning yuragi urişdan töxtadi. 6 yoşli öğli va 3 yoşli qizi yetim qoldi”, dedi marhumaning Kun.uz bilan boğlangan ukasi.
Hozirça holat böyiça rasmiy izoh berilmadi.












