Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hukumatlararo hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston va AQSh korrupsiya, narkotik moddalar noqonuniy aylanishi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo hujjatlarni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida korrupsiya, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum imzoladi.
Mavzuga oid
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026