O‘zbekiston | 15:55 / 05.08.2021
11418
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi.

Prezidentimiz ushbu shahar yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid