Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda AQSh aviazarbasi natijasida 200 nafarga yaqin tolib yo‘q qilindi
Afg‘onistonning Juzjon viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli V-52 bombardimonchi samolyoti toliblar pozitsiyalariga aviazarba berishi natijasida 200ga yaqin jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston milliy armiyasi maxsus korpusi matbuot xizmatiga tayanib “Interfaks-Ukraina” axborot agentligi xabar berdi.
Foto: U.S. Air Force
Ta'kidlanishicha, zarba 7 avgust kechki payt Juzjon markazi Shibirg‘on shahrining Tepai Tagishahr tumanida hukumat qo‘shinlariga hujum sodir etish maqsadida to‘plangan toliblarga berilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 200ga yaqin terrorchi, jumladan ularning yetakchisi yo‘q qilingan.
Ma'lum qilinishicha, zarba bilan toliblarga tegishli 100dan ko‘proq mototsikl, katta miqdorda qurol va o‘q-dori ham yo‘q qilingan.
Avvalroq Juzjon viloyati to‘laligicha toliblar nazoratiga o‘tgani ma'lum qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hukumat kuchlari viloyat markazi Shibirg‘on shahridan 15 kilometr masofaga chekingan.
Shuningdek, AQSh “Tolibon” jangarilariga qarshi kurashish uchun Afg‘onistonga B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotlarini jo‘natgani, ular Afg‘onistonga AQShning Qatardagi al-Udayd aviabazasidan yo‘l olgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:10
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
12:56