Jahon | 13:12 / 09.08.2021
7586
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda COVID-19’dan rekord darajada o‘lim holati qayd etildi

Eronda bir kun davomida 542 kishi vafot etdi.

Eronda koronavirus pandemiyasidan vafot etganlar soni 94 015 nafarga yetdi, yana 542 eronlik oxirgi 24 soat ichida kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda «IRNA» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda.

Bu mamlakat uchun pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Vazirlik xabariga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 39 619 ta yangi holat aniqlangan, 4 102 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, kasallangan 4 158 729 bemorning 3 539 035 nafari tuzalgan yoki kasalxonadan chiqarilgan.

Idora xabariga ko‘ra, COVID-19 yuqtirgan 6 462 nafar bemor reanimatsiya bo‘limlarida o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Vazirlik, shuningdek, 12 589 587 eronlik koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olganini, ulardan 3 072 371 nafari ikkinchi dozani ham olganini e'lon qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid