Ukraina aviakompaniyasi Samarqandga yangi reys ochmoqda
Ukrainaning «Bees Airline» aviakompaniyasi Kiyev – Samarqand reysini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 30 avgustdan boshlab Ukrainaning «Bees Airline» loukoster aviakompaniyasi Kiyev – Samarqand – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi.
Kiyev – Samarqand
- uchish soat 15:35 da, qo‘nish soat 22:05 da;
Samarqand – Kiyev
- uchish soat 23:05 da, qo‘nish soat 02:35 da. (Kiyev vaqti bilan)
Kiyev - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 4261 grivnadan (159 dollar) boshlanadi.
Samarqand – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 5 333 grivnadan (199 dollar) boshlanadi.
«Bees Airline» aviakompaniyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Aviakompaniyaning ilk parvozi Misrga 2021 yil 18 martda amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 07.10.2024
Slovakiya bosh vaziri Bryusselga «raketa zarbasi berishga» chaqirdi
12:21 / 07.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
12:20 / 07.10.2024
Rossiya bir sutka ichida Ukrainani 5000 marta o‘qqa tutdi
11:00 / 07.10.2024