Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda prezidentlikka sobiq nomzod Dmitriyev qo‘lga olindi
Andrey Dmitriyev 2020 yil avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoga raqobatchilik qilgan to‘rt nafar nomzoddan biri edi.
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod, «Govori pravdu» jamoat tashkiloti hamraisi Andrey Dmitriyev qo‘lga olindi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
«Hozirda Dmitriyev qanday sabab va kimlar tomonidan qo‘lga olingani noma'lum», — deyiladi tashkilot Telegram-kanalida.
Andrey Dmitriyev 2020 yil avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoga raqobatchilik qilgan to‘rt nafar nomzoddan biri edi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, u 1,2 foiz ovoz to‘plagan.
Saylovoldi kampaniyasi davomida u saylovga qo‘yilmagan Sergey Tixanovskiy, Viktor Babariko va Valeriy Tsepkaloni qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026